Samarqandda davlatga 9 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
3-sahifa
−
18 dekabr 2023
4556Samarqand shahrida tizimga 9 mlrd 852 mln so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
O‘rganish ishlari davomida Samarqand shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “G.B.M.” MCHJ 47 dona mayning qurilmasiga ega mayning fermasi faoliyatini tashkil etgani aniqlangan.
Ushbu MCHJ mebel ishlab chiqarish sexi shaklida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo u yerda yashirincha mayning faoliyati bilan shug‘ullangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu MCHJ tomonidan davlat manfaatlariga 9 mlrd 852 mln so‘mdan ziyod qo‘shimcha zarar undirishga e’tibor qaratildi.
“Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida elektr tarmog‘iga noqonuniy tarzda ulangan mayning ferma aniqlangandi.
LiveBarchasi