Samarqandda Cobalt “KamAZ” tirkamasi ostiga kirib ketdi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida Cobalt “KamAZ” yuk mashinasi tirkamasi ostiga kirib ketishi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bildirilishicha, joriy yilning 16 dekabr kuni soat 14:05 larda Kattaqo‘rg‘on tumani Omongavhar mahallasidan o‘tuvchi 4R-46 Samarqand-Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining 46-kilometrida Cobalt “KamAZ” yuk mashinasi tirkamasiga urilgan.

Oqibatda Cobalt mashinasidagi yo‘lovchilardan biri voqea joyida, ikkinchisi esa tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Qayd etilishicha, kecha, 19 dekabr kuni Kattaqo‘rg‘on tumani IIB YHXB tomonidan sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan muhokama o‘tkazilgan va haydovchilarga yo‘llarda harakatlanish davomida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish uqtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing