Samarqandda Cobalt aeroportga “uchib kirib”, skuterni urib yubordi (video)
3-sahifa
−
05 Sentabr 17256 1 daqiqa
Joriy yilning 3 sentyabr kuni Samarqand xalqaro aeroporti hududiga Cobalt yuqori tezlikda kirib, dastlab to‘siqni buzdi, keyin esa yo‘lda ketayotgan skuterni haydovchisi va yo‘lovchisi bilan birga urib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi soat 01:00 lar atrofida Samarqand shahri Ibn Sino ko‘chasi – aeroport hududida sodir bo‘lgan. Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirgan holda harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lda harakatlanayotgan skuterni urib yuborib, aeroport kirish qismidagi avtomatik to‘siqqa borib urilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida skuter haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga murojaat qilgan. Holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 18 yoshli yigit akasiga tegishli Malibu’da 11-sinf o‘quvchisini urib yuborgani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi