Samarqandda chiqindi yig‘ish tariflari yana qimmatladi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida aholi uchun chiqindi yig‘ish va olib chiqish narxi yana oshiriladi. Bu haqdagi qaror kecha, 26 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari viloyat kengashining 98-sessiyasida qabul qilindi.

Ma’lum qilinishicha, sessiyada deputatlar maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish uchun majburiy tariflar miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqqan. Tegishli boshqarmalarning xulosa va so‘rovlari asosida viloyatning shahar va tumanlarida mazkur xizmatlar uchun haq to‘lash bo‘yicha majburiy tariflarning yangi miqdori tasdiqlangan.

Qarorga ko‘ra, Samarqand shahri va Samarqand viloyatida har bir kishidan oyiga 5600 so‘mdan undiriladi. Kattaqo‘rg‘on va viloyatning boshqa tumanlarida bu miqdor 4 ming 624 so‘mni tashkil etadi.

Chiqindi narxining oshirilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, mahallalarning ekologik holati va sanitariya holatini o‘zgartirishga qaratilgan.

“Tariflar haqida batafsil ma’lumot keyinroq e’londa beriladi”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qarshi shahrida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlangandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand chiqindi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing