Samarqandda bog‘chada yong‘in sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Samarqand shahar Bag‘dod ko‘chasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi hududida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 4 oktyabr kuni Samarqand shahar Bag‘dod ko‘chasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Soat 14:36 da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Samarqand shahar Bag‘dod ko‘chasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi oshxonasining tom qismida yong‘in ro‘y berayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:40 da yetib borgan va yong‘in soat 15:06 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida oshxonaning 30 kv.m maydonda tom qismi yong‘indan zararlangan. Jabrlanganlar  yo‘q, tarbiyalanuvchilar binodan o‘z vaqtida evakuatsiya qilgan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing