Samarqandda bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan vafot etdi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatining Narpay tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.

Joriy yilning 22 oktyabr kuni Narpay tumani Narpay mahallasida yashovchi fuqaro J.S., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar voyaga yetmagan farzandi yashash uyida o‘lik holda topilgan.

Tekshiruv natijasida ular is gazidan vafot etgani aniqlangan. Viloyat prokuraturasi vakilining qo‘shimacha qilishicha, xonadonda qo‘lbola pechdan foydalanilgan.

Hozirda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi tergov harakatlarni o‘tkazish uchun Narpay tuman IIBga yuborilgan.

Avvalroq, Urgut tumanida ayol va ikki bolasi is gazidan zaharlanib, vafot etgani xabar qilingandi. 

Ma’lumot uchun, Joriy yilning 15 oktyabridan 25 oktyabrigacha Samarqandda 8 kishi is gazidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

is gazi

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing