Samarqandda bir oila gazdan zaharlanib, vafot etdi

Jamiyat

image

Samarqandda 3 kishi gazdan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi. 

Bildirilishicha, voqea 15 oktyabr kuni 16:00-17:00 atrofida Samarqand viloyati Oqdaryo tumani "Taraqqiyot" mahallasida yuz bergan. Bir oilaning 3 nafar a’zosi o‘z uyida vafot etgan. Ularning eng kichigi 4 yoshda bo‘lgan. 

Oilaning o‘g‘il farzandi baqirib, qo‘shnilarga xabar bergan. Ammo odamlar yetib borganda oilaning barcha a’zolari, jumladan, 3-sinfda o‘qiydigan qiz farzandi ham allaqachon vafot etgandi. 

Qo‘shni ayolning so‘zlariga ko‘ra, oila bu uydan ko‘chib ketgan va faqat shanba, yakshanba kunlari uyni tozalash uchun kelib turgan. Bu safar ham ular shu maqsadda dala hovliga kelgan va uyni tozalayotgan bo‘lgan. Ammo uyga tarqalgan gazdan zaharlanib, vafot etgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 49 kishi xot-dogdan zaharlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Samarqand zaharlanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing