Samarqandda ayol norasmiy erining qotiliga aylandi
Jamiyat
−
09 noyabr 2019 10193 1 daqiqa
Kecha, 8 noyabr kuni Samarqand shahrida norasmiy er-xotin o‘rtasidagi janjal qotillik bilan yakunlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi ma’lumot berdi.
8 noyabr kuni soat 12:00 larda Samarqand shahri, Gasparali ko‘chasida yashovchi ayol A.O. (1974 y.t., sudlanmagan, ishchi) norasmiy turmush o‘rtog‘i S.M.(1971 y.t., sudlangan, ishsiz) bilan o‘zaro janjallashib qolgan. A.O. oshxona pichog‘i bilan S.M.ning o‘ng orqa yelka qismiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan A.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.O. protsessual tartibda ushlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025