Samarqandda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab, xat qoldirib ketdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Loyish mahallasida ayol farzandini bir adyol va 2-3 ta kiyimlari bilan tashlab ketgani, bolaning cho‘ntagidan “Ismi Odilbek, 7 oylik, iltimos, asrab oling, men chet elga ketyapman”, mazmunidagi xat chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi. 

Uning ma’lum qilishicha, ayol 7 oylik farzandini Samarqand viloyatning Oqdaryo tumanidagi mahalla ko‘chasida tashlab ketib, o‘zi yashiringani aniqlangan. Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Qayd etilishicha, bola tumandagi go‘daklar uchun bolalar uyiga joylashtirilib, unga hozirda zarur bo‘lgan parvarish ko‘rsatilmoqda. Sirdaryo viloyatida yashovchi ayolning shaxsi aniqlanib, uning o‘z farzandiga nisbatan sodir etgan g‘ayriqonuniy harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda.

“Bu haqda qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi”, deyilgan munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 3 kunlik chaqalog‘ini sotishga uringan ayol 2 yilga qamalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand chaqaloq xat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing