Samarqandda avtobus “toshbo‘ron” qilindi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida 50 dan ortiq fuqaro yo‘lovchi avtobusi yo‘lini to‘sib, oynasiga tosh otgani va haydovchining xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Jahongir Sa’dullayev holat IIB tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur holat kecha, 28 iyul kuni Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir etilgan. Unda fuqarolar avtobusning yo‘lini to‘sib, oynasiga tosh otgan va ayrim ehtiyot qismlariga turli darajada zarar yetkazgan.

“Holat sabablari viloyat IIB tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganishlar yakuni bilan ushbu holatda ishtirok etgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi”, deydi Jahongir Sa’dullayev.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand avtobus toshbo'ron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing