Samarqandda avtobus qizil chiroqda harakatlanib, piyodalarning hayotiga xavf tug‘dirdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 24 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumanida Isuzu rusumli avtobus svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib, piyodalar hayotiga xavf tug‘dirgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev QALAMPIR.UZ’ga ma’lumot berdi. 

Ma’lum qilinishicha, mazkur hodisa 2022 yil 15 dekabr kuni “Aziz avto yo‘lovchi trans” MCHJga tegishli avtobus haydovchisi tomonidan sodir etilgan. 

“Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi va MCHJ rahbari aniqlandi. Ularga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘rilib, haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borildi”, deydi Jahongir Sa’dullayev.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda sodir etilayotgan ko‘plab yo‘l-transport hodisalari tajribasiz va shoshma-shoshar haydovchilar tomonidan sodir etilmoqda.  

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH Samarqand avtobus IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing