Samarqandda aka singlisiga SMS yozgan hamqishlog‘ini urib o‘ldirdi

Jamiyat

image

Samarqandda erkak singlisiga SMS xabar jo‘natgan hamqishlog‘ini urib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Hodisa 4 avgust kuni soat 14:00 larda Ishtixon tumanining “Xalqobod” MFYda yuz bergan. 34 yoshli Sh.Y. hamqishlog‘i 27 yoshli N.B.ga telefon kilib chaqirgan va nega 18 singlisi M.D.ga SMS xabar jo‘natib, tinchini buzayotganini so‘ragan. Ikki o‘rtada janjal boshlanib, Sh.Y. mushti bilan N.B.ni bosh sohasiga urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada N.B. tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi  3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Samarqand

Baholaganlar

1004

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing