Samarqandda “Afrosiyob” poyezdi katta tezlikda beton bo‘lagiga kelib urildi
3-sahifa
−
18 yanvar
36042Samarqand viloyatida “Afrosiyob” tezyurar poyezdining yo‘liga temir beton qo‘yib ketildi. Oqibatda u katta tezlikda beton bo‘lagiga kelib urildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025 yil 14 yanvar kuni soat 23:15 da Ziyovuddin va Navoiy stansiyalari o‘rtasidagi 3872 kilometrlik yo‘lda Toshkent-Buxoro yo‘nalishida ketayotgan 772-sonli “Afrosiyob” tezyurar poyezdi bilan bog‘liq hodisa yuz bergan. Noma’lum shaxs temiryo‘l chetida masofa yozilgan belgi ostidagi beton bo‘lakni kovlab olgan. So‘ngra uni temiryo‘l ustiga qo‘yib ketgan.
Buxoroga ketayotgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi beton bo‘lagiga katta tezlikda kelib urilgan va ma’lum muddat to‘xtab qolgan. To‘xtagandan so‘ng, poyezd texnik guruh tomonidan zudlik bilan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ma’lum darajada shikastlanganiga qaramay, poyezd keyingi harakatlanish uchun xavfsiz deb topilgan va o‘z yo‘nalishini davom ettira olgandi va soat 01:27 da Buxoro vokzaliga yetib kelgan. Poyezd manzilga 1 soat 24 daqiqa kechikib borgan.
Poyezdda 133 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularga tan jarohati yetmagan.
Voqea joyiga zudlik bilan “Ziyovuddin” temir yo‘l masofasi mutaxassislari, Buxoro mintaqaviy uzelining xodimlari va transport xavfsizligini ta’minlash xizmati xodimlari yetib kelgan. Voqea sabablari va holatlari tekshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida relsga tiqilib qolgan Damas’ni poyezd urib ketgandi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar