1 fevraldan poyezd chiptalari narxi yana oshadi
Jamiyat
−
06 yanvar
39142025 yil 1 fevral sanasidan boshlab O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi qimmatlaydi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarning VIP, Biznes toifadagi chipta narxlari 25% ga, ekonom toifadagi chipta narxlari 20% ga hamda tezyurar yo‘lovchi poyezdlar “Sharq", “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarning chipta narxlari 30% ga oshirilmoqda.
Shunday qilib, "Afrosiyob" uchun chiptalar narxi:
Toshkent — Samarqand:
- Ekonom- 294 ming so‘m;
- Biznes- 450 ming so‘m;
- VIP — 619 ming so‘m.
Toshkent — Qarshi:
- Ekonom- 406 ming so‘m;
- Biznes- 634 ming so‘m;
- VIP — 854 ming so‘m.
Toshkent — Buxoro:
- Ekonom- 484 ming so‘m;
- Biznes- 751 ming so‘m;
- VIP — 994 ming so‘m.
Bildirilishicha, narxlar temiryo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, vokzallar faoliyatini zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2023 yil 10 oktyabrdagi temiryo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilishga oid qaroriga muvofiq, 2024 yil 1 yanvardan boshlab tezyurar va yuqori tezlikdagi poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun davlat tariflari boshqaruvi amaliyoti tugatilgan va ularni bozor tamoyillari asosida boshqarish mexanizmi joriy etilgandi.
LiveBarchasi