Samarqandda advokat 10 ming dollar pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
28 mart 2023
6979Samarqand viloyati Toyloq tumanida 66 yoshli advokat fuqaroni qamoqdan chiqarishni va’da qilib, 10 ming dollar pora olgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
“Samarqand Qonunchilari” advokatlar hay’ati advokati I.Q. fuqaro I.D.dan Navzandak mahallasida joylashgan uy-joyni uning nomiga kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni va’da qilib, 200 AQSH dollari va 500 ming so‘m pul olgan.
Bundan tashqari, advokat fuqaro A.N.ga o‘g‘li N.I.ni qamoqdan chiqarishni va’da berib, 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Joriy yilning 14 mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan advokat I.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”,“v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda muqaddam sudlangan advokat pora bilan ushlangandi.