Samarqandda aholiga yaqin tog‘da portlash bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Nurobod tumani Tepaqul mahallasida katta portlash sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Ekologiya bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumani Tepaqul “MFY” hududida juda katta portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan. Murojaatlar o‘rganilishi davomida Samarqand shahri Go‘ro‘g‘li ko‘chasi, 12-uy manzilida joylashgan “SAM NURAFSHON GROUP” MCHJ tomonidan aholi yashash hududlariga yaqin tog‘li joyda portlatish ishlari olib borilgani ma’lum bo‘lgan. Mazkur ishlar mahalliy aholining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

Hozirda hududda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Davlat inspektorlari holatga qonun doirasida baho berish uchun zarur hujjatlarni o‘rganmoqda.

Shuningdek, Biznes-ombudsmanning tegishli javob xatiga muvofiq, holatni belgilangan tartibda tekshirish uchun zarur hujjatlar taqdim etilgan.

Bildirilishicha, o‘rganish ishlari yakunlangach, holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi. Tekshiruv natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar jamoatchilikka taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Spark avtomobiliga gaz quyish vaqtida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing