Samarqandda 9-sinf o‘quvchisi sheriklari bilan maktab “zamdirektor”ini do‘pposladi
Jamiyat
−
31 may 2021 28416 1 daqiqa
Samarqand viloyati Tayloq tumanida maktab direktori o‘rinbosaridan tanbeh eshitgan 9-sinf o‘quvchisi amakisining o‘g‘illari bilan “zamdirektor”ni do‘pposladi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 26 may kuni direktor o‘rinbosari A.S. 9-sinf o‘quvchisi A.Sh. imtihonga kechikib kelgani sababli unga tanbeh berib, og‘zaki urishgani uchun o‘quvchi arazlab maktabdan chiqib ketib, shu kuni amakisining o‘g‘illari M.Sh. va S.Sh.larni maktabga birga olib kelgan, ular direktor o‘rinbosarini xizmat xonasida urishib, unga tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat bo‘yicha 31 may kuni Tayloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan M.Sh. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr