Samarqandda 7 va 14 yoshli aka-uka qo‘shnisi tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi
3-sahifa
−
16 mart 2021
16734Samarqand viloyatining Payariq tumanida 1 va 7-sinflarda tahsil olayotgan bolalar qo‘shni ayol tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 14 mart kuni Payariq tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi M.T. ariza bilan murojaat qilgan. Unda 13 mart kuni voyaga yetmagan 2007 yil va 2013 yilda tug‘ilgan farzandlari yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini va ularni topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Murojaat yuzasidan tuman prokuraturasi rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi hodisa joyiga chiqib, amalga oshirilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Payariq tumani Alisher Navoiy mahallasidagi hovlidan voyaga yetmaganlarning murdasi qasddan o‘ldirilib, keyin yoqib yuborilib, ko‘milgan holatda topilgan.
Aniqlanishicha, 13 mart kuni O.T. tanishi M.T.ning yashash uyiga yashirin ravishda o‘g‘irlikka kirib, xonadonda hech kim yo‘qligidan foydalanib, pul va qimmatli buyumlarni qidirayotgan vaqtida M.T.ning farzandlari maktabdan yashash uyiga kelib qolib, uning sodir etayotgan jinoyatini guvoh bo‘lib qolgan. Shu sababli, O.T. o‘z jinoyatini yashirish va voyaga yetmaganlarni qasddan o‘ldirish maqsadida turli bahonalar bilan aldab, o‘zining yashash xonadoniga olib borib, yashash hovlisi o‘rtasida, o‘sha yerda turgan yer ag‘darish uchun mo‘ljallangan belkurak (shitkavoy lopatka) bilan dastlab voyaga yetmagan A.T.ning bosh va bo‘yin qismiga zarb bilan urib, tan jarohati yetkazib, A.T.ga yordam berish uchun yetib kelgan akasi S.T.ni ham ushbu belkurak bilan bosh va bo‘yin qismiga urib, tan jarohati yetkazib ularni qasddan o‘ldirgan.
Shundan so‘ng O.T. ushbu qotillik jinoyatini yashirish maqsadida voyaga yetmaganlarning murdasini hovli yerida 50 sm. chuqur qazib, chuqurga tashlab, g‘o‘zapoya va yog‘och taxtalar yordamida tanalarini yoqib yuborib, murda qoldiqlarini ko‘mib qo‘ygan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhum voyaga yetmagan S.T.ning o‘limi orqa miyani kalla asosi va birinchi bo‘yin umurtqasi oralig‘idan uzilishi, orqa miyaning lat yeyishi, marhum voyaga yetmagan A.T.ning o‘limi esa kalla asos va gumbaz suyaklarining sinishi, bosh miya pardalari ostiga va to‘qimasiga qon quyilishi, bosh miyaning lat yeyishi oqibatida kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan 14.03.2021 yilda JKning 97-moddasi 2-qismi "a, v, j, o" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.T. himoya huquqi bilan ta’minlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi va bu haqda gumon qilinuvchining yaqin qarindoshiga telefon orqali xabar qilingan.
Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
Jinoyat ishi tergovi shaxsan viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi