Samarqandda 614 mln so‘mlik gaz va “svet”ni o‘g‘irlaganlar aniqlandi
3-sahifa
−
20 noyabr
2216Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Jomboy hamda Oqdaryo tumanlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Urgut va Samarqand tumanlarida faoliyat yurituvchi YATT X.E. va S.M.lar tijorat maqsadida savdo do‘koni hamda novvoyxonasida o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulangan. Oqibatda jami 230 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, Jomboy tumanidagi “S.Z.” oilaviy korxonasi rahbari Z.S. umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Oqibatda 191,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Bundan tashqari, Oqdaryo tumanidagi “T-Z.” fermer xo‘jaligi rahbari M.Sh. elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulanib, 192,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlangandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
LiveBarchasi