Samarqandda 61 yoshli mast erkak cho‘kayotgan payt qutqarib qolindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida 61 yoshli mast erkak cho‘kayotgan payt qutqarib qolindi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 7 iyun kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi, 1960 yil tug‘ilgan fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda Kattaqo‘rg‘on suv omborining chiqish kanaliga cho‘milish maqsadida suvga tushgan. U xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagani sababli, suvda cho‘ka boshlagan.
 
Shu vaqt kanal yaqinidan o‘tib ketayotgan fuqaro jabrlanuvchining holini ko‘rib, zudlik bilan Kattaqo‘rg‘on shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar qilgan. Qutqaruvchilarning tomonidan jabrlanuvchi o‘z vaqtida qutqarib qolingan. 

Jabrlanuvchiga tuman tez yordam shifokorlari tomonidan zarur yordam ko‘rsatilgan. Qayd etilishicha, uning salomatligiga ziyon yetmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing