Samarqandda 61 yoshli ayolni zo‘rlashda ayblangan qidiruvdagi erkak ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 61 yoshli ayolni zo‘rlagashda ayblanayotgan 36 yoshli erkak qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 1961 yilda tug‘ilgan ayolni nomusiga tekkanlikda gumonlanib, tergov organlaridan yashirinib yurgan, tumanning Havzak mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan K.D. qidiruv tadbirlari natijasida qo‘lga olingan.

Viloyat va tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida ushbu shaxs dastlab, Jizzax viloyati Zarbdor tumanida, keyinchalik Arnasoy tumanida yashirinib yurgani to‘g‘risida ma’lumot olingan. U Arnasoy tumanida joylashgan ko‘l ortidagi chekka bir hududda yashirinib yurgan vaqtda IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ayblanuvchi ayni paytda Pastdarg‘om tumani IIBga olib kelingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBga ko‘ra, ushbu shaxsga nisbatan 2022 yilning 12 mart kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Sirtdan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

676

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing