Samarqandda 50 ming dollarlik shaxmat turniri o‘tkaziladi

Sport

image

Samarqand shahrida navbatdagi umumiy sovrin jamg‘armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qilgan “Women’s Chess Championship 2025” xalqaro turniri o‘tkaziladi. Bu haqda “UzChess” loyihasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Joriy yilning 8-19 mart kunlari Samarqand shahri jahon shaxmatining ayol ustalari bilan uchrashish uchun mezbonlik qiladi. Bu yilgi “Women’s Chess Championship” turniri nafaqat shaxmat ixlosmandlari, balki global sport, bilim va tenglikni targ‘ib qiluvchi muhim tadbir bo‘lib xizmat qiladi“, deyiladi manba xabarida.

Musobaqa FIDE qoidalariga ko‘ra, ikki guruhga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. “A” guruhida 1800 va undan yuqori reyting ochkosiga ega shaxmatchilar, “B” guruhida esa 1800 reytingdan kam ochkoga ega bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand shaxmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing