Samarqandda 5 kunlik kelin sepini MIB orqali qaytarib oldi
3-sahifa
−
10 yanvar
16906Samarqand viloyatida 5 kunlik kelin kuyovning uyidagi sepini Majburiy ijro byurosi orqali qaytarib oldi. Bu haqda MIB matbuot kotibi Farrux Toshpo‘latov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining 2024 yil 26 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.X.dan undiruvchi B.B. foydasiga jami 20 turdagi mol-mulklarni natura shaklida olib berish to‘g‘risidagi hujjati byuroning Pastdarg‘om tuman bo‘lim ijro ish yurituviga kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, nusxalari tomonlarga yuborilgan.
“Ajrimda ko‘rsatilgan qarzdor M.X.dan undiruvchi B.B. foydasiga jami 20 turdagi mol-mulklar natura shaklida ruyxatga olinib, tegishli tartibda xolislar ishtirokida davlat ijrochisi tomonidan kelin seplari to‘liq muqaddam 5 kun yashagan kuyov xonadonidan tegishli dalolatnoma asosida olib berildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Farg‘ona viloyatida 1 haftalik kelin sepini MIB orqali qaytarib olgandi.
LiveBarchasi