Samarqandda 5 kg “marixuana” sotayotgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
24 yanvar
3606Samarqandda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan 5 kg “marixuana” giyohvandlik vositasini 10 000 AQSH dollariga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 10 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Bulung‘ur tumanida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. 1981 yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan shaxs maxsus xaridorga 1 kg “marixuana” giyohvandlik vositasini 25 mln so‘mdan sotishini oldindan kelishib rejalashtirgani to‘g‘risida ma’lumotlar olingan. Maxsus xaridor bilan bog‘langan shaxs 5 kilogramm yukni tayyorlab qo‘yganini ma’lum qilgan. Samarqand viloyati IIB TQX xodimlari, viloyat IIB TVBSO hamda viloyat bojxona xizmati xodimlari bilan hamkorlikda “Sohibkor” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda vazni taxminan 5 kg “marixuana” giyohvandlik moddasini 10 000 AQSH dollariga sotayotgan shaxs daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘z uyining yo‘lak qismida 79 dona o‘ramda giyohvand modda saqlagan 51 yoshli “zakladchik” qo‘lga olingan edi. Aniqlangan ashyoviy dalillar yuzasidan sudga oid kimyoviy ekspertiza tayinlanib, hujjatlar tergov bo‘limiga taqdim etilgan, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan.
LiveBarchasi
28 yanvar