Samarqandda 49 kishini chet elga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
29 iyul
3513Samarqand viloyatida 49 kishini Angliya va boshqa chet davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro V.I. fuqarolar E.X. va B.B.ning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 4 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. U 1,2 mln so‘m va 700 AQSH dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida V.I. yana 47 nafar fuqaroni chet davlatlariga ishga yuborishi evaziga jami 37 160 dollarni olgani aniqlangan.
Shuningdek, Navoiy viloyatida R.D. fuqaro A.F.ni Koreyaga yashash va ishlash uchun jo‘natishi hamda viza hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Payariq tumanida fuqaroni 24 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlangandi.