Samarqandda 400 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Ishtixon tumani “Azamat” MFY hududida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan H. Samarqand tumani O‘zbek kenti mahallasida yashovchi S. ismli fuqaroning jiyanini Avtomobil yo‘llari kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabar bermoqda.

Ammo joriy yilning 3 noyabr kuni Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 400 AQSH dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ushlangan. Pora sifatida berilgan pul ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pora Samarqand

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing