Samarqandda 40 yoshli erkakni poyezd bosib ketdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 yanvar kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 40 yoshli erkak fojiaviy halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa 2 yanvar kuni soat 12:45 larda Pastdarg‘om tumani hududida, Buxoro Mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli “Maroqand-Gumbaz” bekatlari oralig‘idagi 3745 km. 7-piketida yuz bergan. 49 yoshli M.A. 0113-sonli yo‘lovchi poyezdini boshqarib ketayotganda temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda 40 yoshli X.Yu.ni urib yuborgan. Natijada X.Yu. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

halokat Samarqand poezd

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing