Samarqandda 330 nafar alimentchi javobgarlikka tortildi

Jamiyat

image

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi va tuman, shahar bo‘limlariga yil boshidan buyon kelib tushgan 12 ming 300 dan ortiq murojaatlarning 6 ming400 tasi aliment undirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bo‘ldi.

Ushbu murojaatlarning 3 ming 880 tasi qanoatlantirilib, 3 ming 532 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi. Qarzdorlardan 3,2 milliard so‘m aliment mablag‘lari majburiy ravishda undirilishi ta’minlandi.

Qayd etilganidek, viloyatda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etilishi doimiy ravishda o‘rganilib, aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqilgan.

Aliment undirishga oid ijro hujjatlari ijrosini o‘rganish bo‘yicha davlat ijrochilaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuzilgan. Shu paytgacha 7 ming 750 ta aliment ishi bo‘yicha qarzdor va undiruvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, 1 ming 190 oila yarashtirildi, 700 nafarga yaqin qarzdorlar ishga joylashtirildi. 15,3 milliard so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.

Aliment to‘lovchilarning mas’uliyatini oshirish maqsadida 330 nafar qarzdor ma’muriy javobgarlikka tortildi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqandda 300 nafar alimentchi

Baholaganlar

20

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing