Samarqandda 100 yoshdan oshganlar soni ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yil 1 oktyabr holatida Samarqandda 100 yoshdan oshgan pensiya va nafaqa oluvchilar 53 nafarni tashkil etadi. Uzoq umr ko‘rishda ayollar yetakchi ekan – 41 nafar.

Yoshi asrdan oshgan piru badavlat nuroniylar Urgut (8 nafar), Kattaqo‘rg‘on (7 nafar) va Payariq (6 nafar) tumanlarida boshqa hududlarga nisbatan ko‘p bo‘lsa, Samarqand tumanida bir nafar onaxon hayot kechirmoqda.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yuz yoshdan oshganlarga har oylik pensiyasiga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari – 223 ming so‘m miqdorida ustama to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqandda 100 yoshdan oshganlar

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing