Samarqanddagi xonadonlardan birida ayol gaz chaqnashidan vafot etdi

Jamiyat

image

Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish har bir fuqaroning burchidir. Kecha, 29 oktyabr kuni soat 08:17 da Samarqand shahrining Zafar ko‘chasida joylashgan 4-uyning 7-xonadonida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.Bu haqda Davlat yong‘in xafsizligi xizmati xabar bermoqda.

Yong‘inga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Voqea joyiga 5 daqiqada yetib borgan yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 08:25 da o‘rab olingan va soat 08:50 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida yashash uyi oshxonasining 15 kvadrat metr maydonda ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘ini bartarf etish vaqtida 1952 yilda tug‘ilgan uy bekasi fuqaro R.G.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Hodisaning kelib chiqish sababi yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, yuqorida ko‘rsatilagan manzilda gaz uskunalalarini o‘rnatish qoidalariga buzilgani ma’lum bo‘lgan.

Yong‘inni taxminiy kelib chiqish sababi xonaga to‘planib qolgan tabiiy gaz hidini sezmagan uy bekasi fuqaro R.G. elektr tarmog‘idan foydalanish vaqtida uchqun chiqishi natijasida chaqnash yuzaga kelgan. 

Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqandda yong'in chiqishi ayol vafot etgan

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing