Samarqandda 3 yashar bolaning jasadi ariq chetidan topildi
3-sahifa
−
03 aprel 2023
11691Bugun, 3 aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida 3 yoshli bolaning jasadi ariq bo‘yidan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Bugun soat taxminan 11:00 da Urgut tumani “Istiqlol” mahallasidagi xonadon yonidan oqib o‘tuvchi ariq sel oqibatida toshib ketgan. Tumandagi "Guliston" MFYdan esa 2020 yilda tug‘ilgan A.A.ning murdasi ariq chetiga chiqib qolgan holatda topilgan.
Marhum A.A.ning o‘limi sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi