Samarqandda 3 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi
3-sahifa
−
31 mart 2023 8275 1 daqiqa
Samarqand viloyatida “S.B.” MCHJ rahbari T.R. ushbu MCHJga tegishli ko‘p qavatli binoda gazga noqonuniy ulanib, 2 milliard 840 million so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.
Ushbu holat Samarqand IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Hududgazta’minot” viloyati filiali xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirda oshkor bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shohjahon Majitov
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr