Samarqandda 28 yoshli ayolni shahvoniy maqsadlar uchun Turkiyaga sotib yuborayotganlar ushlandi

Jamiyat

image

Samarqand shahrida 28 yoshli ayolni shahvoniy maqsadlar uchun sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 23 may kuni Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi va DXX xodimlari tomonidan odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Samarqand shahar Spitamen shox ko‘chasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan M.N. va 1988 yilda tug‘ilgan K.B.lar Nurobod tumani “Ulus” mahallasida yashovchi, 28 yoshli B.B.ni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun Turkiya davlatiga yubormoqchi bo‘lib, tadbir ishtirokchilaridan 800 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olib, uning fuqarolik pasportini sotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

1527

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing