Samarqandda 24 kishi ovqatdan zaharlangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Ovqatdan zaharlanish holati keyingi yillarda tez-tez kuzatilmoqda. Buning asosiy sababi sifatida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilmaslik, iste’mol qilishga yaroqsiz deb topilgan mahsulotlarni tayyorlanayotgan yegulikka qo‘shish va boshqa bir qator omillardir.

Shu yilning 7 oktyabr kuni soat 14:10 dan 8 oktyabr soat 22:00 gacha Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 24 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan yotqizilgan. Ularga “Ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamchi tashxisi qo‘yildi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 6 oktyabr kuni soat 13:00-17:30lar oralig‘ida barcha bemorlar Samarqand shahar Siyob dehqon bozori hududida joylashgan “Baxtiyor” MCHJga qarashli xot-dog tayyorlash shoxobchasidan xot-dog va shaurma mahsulotlarini xarid qilib, iste’mol qilgan.

“Baxtiyor” MCHJga qarashli xot-dog shoxobchasida o‘rganish o‘tkazilganda, shoxobcha o‘z faoliyatini to‘xtatganligi va xot-dog mahsulotlari mavjud emasligi aniqlandi.

Samarqand shahar DSENMda mazkur xot-dog shoxobchasi atrofidagi xonadonlarda xot-dog va shaurma mahsulotlarini xarid qilib, iste’mol qilgan fuqarolarni aniqlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiy xodimlarini jalb etgan holda uyma-uy ko‘riklar tashkil etildi. 


“Baxtiyor” MCHJ tekshirish o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakiliga tegishli hujjatlar to‘planib, buyurtma tayyorlandi.

Bemorlarning ahvoli, laboratoriya tahlil natijalari, yakuniy tashxis hamda o‘tkazilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

ovqatdan zaharlanish Samarqandda

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing