Jizzaxda 60 nafarga yaqin odam ovqatdan zaharlandi

Salomatlik

image

Jizzaxda 57 kishi ovqatdan zaharlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, joriy yilning 25-26 iyun kunlari 57 nafar fuqaro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ich ketish va tana harorati ko‘tarilishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan.

Ularga birlamchi laboratoriya tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, “o‘tkir diareya” ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yilib, tibbiy muolajalarni amalga oshirish uchun barchasi shifoxonaga yotqizilgan.

Bemorlarning 11 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan, 46 nafari qoniqarli ahvolda ekani ma’lum qilingan.

Jizzax shahar prokuraturasining dastlabki tergovga qadar tekshiruvlari  davomida bemorlar Jizzax shahridagi oshxonalarning birida ovqatlanganligi aniqlanib, hodisa joyidan olingan oziq-ovqat mahsulotlarining namunalari bo‘yicha va barcha bemorlarga nisbatan tegishli ekspertizalar tayinlanib, soha mutaxassislari jalb etilgan.

Shuningdek, viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan nazorat o‘rnatilgani ma’lum qilingan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jizzax ovqatdan zaharlanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made