Samarqandda 2 yashar go‘dak koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
15 iyun 2020 5570 1 daqiqa
Samarqand viloyatida r koronavirusga chalingan 11 bemor sog‘aydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Tuzalganlarning 5 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi 2018 yilda tug‘ilgan.
Endilikda viloyatda sog‘ayganlar 362 nafarga yetib, davolanayotganlar 23 nafarni tashkil etmoqda.
Shunday kilib ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 3996 nafarga yetdi. Virus aniqlanishi bo‘yicha holatlar esa 5103 taga yetgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr