Samarqandda 2 yashar bolasini do‘pposlagan onaga hukm o‘qildi
3-sahifa
−
23 Sentabr 2022
15844Joriy yilning 14-15 iyun kuni voyaga yetmagan farzandini urib, unga tan jarohati yetkazgan Samarqand viloyatida yashovchi ayolga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sudning Telegram kanalida xabar berildi.
Ayblanuvchi M.N. Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” va “v” bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etishda ayblangan. Unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Sud jarayonida jabrlanuvchi bolaning qonuniy vakili bo‘lgan buvisi esa chaqaloqning onasini onalikka noloyiq deb, bolani unga berishlarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, ayol farzandi uxlamagani uchun uni ayovsiz kaltaklagandi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi