Ayol chaqalog‘ini uxlamagani uchun ayovsiz kaltakladi. IIB surishtiruv boshladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol chaqalog‘ini uxlatishga uringani, biroq u uyquga ketavermagach, g‘azablanib, uning boshiga bir necha marta tarsaki tushirgani, qattiq silkitib, joyiga otib yuborgani aks etgan video tarqaldi. 

Shuningdek, videoda ayol chaqalog‘ini xonadoshi bilan suhbatlashayotgan vaqtda urganini payqash mumkin. Ayolning suhbatdoshi esa undan bolasini urmaslisligini so‘ragan, biroq u tinchlanmay, urishda davom etgan.

Tasvirlardan ushbu holat shifoxonada sodir bo‘lganini payqash qiyin emas. 

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmatiga ko‘ra, holat qachon, qayerda, kim tomonidan sodir etilgani o‘rganilmoqda.

“Natijasi bo‘yicha jamoatchilikka ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

787

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing