Samarqandda 19 yoshli ayol o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
05 iyun 2021 10736 1 daqiqa
Joriy yilning 3 iyun kuni Samarqand shahrida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan shaxs qutqarib qolindi. Fuqaro o‘zini ko‘p qavatli uyning 3-qavatidan tashlamoqchi bo‘lgan.
Voqea Samarqand shahri Shodlik mahallasi sodir bo‘lgan. 4 iyun kuni taxminan soat 10:10 larda S.Buxoriy ko‘chasidagi uyda mojaro bo‘layotgani haqida qo‘shnilar “Shodlik” MFYga murojaat qilgan.
Voqea joyiga zudlik bilan mahalla vakillari hamda unga biriktirilgan Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi, psixolog kichik serjant N.Sanaqulova yetib borishgan. Ular oiladagi er-xotin U.N. va B.D. o‘rtasida jiddiy mojaro bo‘layotganligiga guvoh bo‘lishgan. Oilaning psixologik holati og‘ir ekanligi natijasida U.N.ning turmush o‘rtog‘i B.D. o‘z joniga qasd qilish maqsadida yashab turgan uyining 3-qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lganligi aniqlangan.
Olib borilgan tezkor qutqaruv ishlari natijasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi tomonidan 2002 yilda tug‘ilgan B.D.ning hayoti saqlab qolingan. Voqea yuzasidan xonadon egalari bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.