Samarqandda 16 yashar qiz bedarak yo‘qoldi
Jamiyat
−
19 dekabr 2021
67836Samarqand shahrida 16 yoshli qiz hech kimga aytmasdan noma’lum tomonga ketib, bedarak yo‘qoldi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahar Qir mahallasi Bog‘imaydon ko‘chasida yashovchi 2005 yil 27 avgust kunida tug‘ilgan, Nixola Baxtiyorovna To‘raqulova joriy yilning 17 oktyabr kuni soat taxminan 19:30 larda hech kimga aytmasdan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Alohida belgilari: bo‘yi taxminan 155-160 sm, ko‘zlari qisiq, qorachadan kelgan, o‘rtacha gavdali, ozg‘in, yuzi uzunchoq, sochi qora rangda yelkasiga yetmaydi, quloq suprasi o‘rtacha kattalikda, tashqi ko‘rinishida nuqsonlari yo‘q.
Egnidagi kiyimlari: Egnida oq-qora rangli kastyum, oq rangli jemper (vodalazka), qora rangli jinsi shim, oyog‘ida oq rangli krossovka.
“To‘raqulova Nixola Baxtiyorovnani ko‘rganlar yoki u haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar +998972877278, +998662311111, 102 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi