QALAMPIR.UZ e’lonidan so‘ng ikki oy oldin bedarak ketgan qiz topildi

Jamiyat

image

Avvalroq Samarqand shahar Qir mahallasi Bog‘imaydon ko‘chasida ota-onasi bilan birgalikda yashab kelgan 16 yoshli N.To‘raqulova ota-onasi bilan urushib qolib, 2021 yil 17 oktyabr kuni soat taxminan 19:30 larda hech kimga aytmasdan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan edik. Samarqand viloyati IIB qizning topilishida fuqarolardan yordam so‘ragandi.

Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, kecha, 19 dekabr kuni soat 21:00 larda bir fuqaro telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, ushbu qiz yo‘qolganligi to‘g‘risidagi e’lonni QALAMPIR.UZ saytida ko‘rganini aytib, qiz to‘g‘risida ma’lumot bergan.

Qo‘ng‘iroqdan so‘ng, soat tungi 3:00 larda viloyat IIB JQB hamda YHXB xodimlari Nihola To‘raqulova turgan joyni aniqlab, uni sog‘-salomat IIBga olib kelishgan.

Hozirda qizga ijtimoiy, psixologik yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

“Samarqand viloyati IIB barcha ijtimoiy faol vatandoshlarimiz, jurnalist va blogerlar ga, shu o‘rinda QALAMPIR.UZ saytiga alohida minnatdorchilik bildiradi”, deyiladi boshqarma xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3869

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing