Samarqandda 15 kishi zaharlanishi bo‘yicha tafsilotlar ochiqlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Samarqandda 15 kishi tovuqdan tayyorlangana kabobni iste’mol qilgach, zaharlangani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mazkur hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati tomonidan o‘tkazilgan epidemiologik tekshiruv natijasida aniqlanishicha, shu yilning 4 oktyabr kuni soat 20:00 larda Samarqand shahar, Ziyokorlar ko‘chasi 16-xonadonda shu hovlida boqilgan tovuq go‘shtidan sixli kabob tayyorlangan. Uni 10 nafar oila a’zolari va 5 nafar shu xonadonda qurilish olib borayotgan ishchilar iste’mol qilishgan.

Oradan 3 soat o‘tib, ularda bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynish, qayd qilish, xansirash, havo yetishmasligi kabi klinik belgilar qayd etilib, birozdan so‘ng o‘zlarini yomon his qilishgach, tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilishgan.

Shundan so‘ng Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Samarqand viloyati filialiga murojaat qilgan 15 nafar fuqaroga “metgemoglobin hosil qiluvchi birikmalardan zaharlanish” tashxisi qo‘yilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Epidemiologik surishtiruvlar va zarur profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.

Kasallik qayd etilgan xonadonda o‘tkazilgan tekshiruv davomida iste’mol qilingan mahsulotlardan laboratoriya tahliliga namunalar olingan. Natijada ovqatda ishlatilgan tuz mahsuloti xonadon egasi tomonidan olib kelinib alohida selofan idishda saqlangan natriy nitrat moddasi ekanligi tasdiqlagan.

O‘tkazilgan davo muolajlaridan so‘ng klinik belgilar yo‘qolgan, bemorlarning ahvoli yaxshilangan va uylariga javob berilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

zaharlanish

Baholaganlar

373

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing