Samarqandda 50 ming dollarga AQSH vizasini va’da qilgan firibgar ushlandi
3-sahifa
−
30 may
3786Samarqandda AQSHga kirish vizasini olib berish evaziga fuqarodan 50 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro I.S. mahalliy fuqaro Sh.M.ga o‘zining tanishlari orqali AQSH davlatiga kirish vizasini tayyorlab berishini va u yerda yaxshi ish o‘rinlari bilan ta’minlashini va’da qilib, bu xizmati evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilgan.
Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.S. oldindan kelishilgan 45 600 AQSH dollari miqdoridagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda holat yuzasidan I.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bildirilishicha, tergov jarayonlarida I.S.ning boshqa fuqarolardan ham firibgarlik yo‘li bilan olgan mablag‘lari bo‘yicha aniqlik kiritilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
LiveBarchasi