Samarqandda 10 yil farzand ko‘rmagan oila 4 egizakli bo‘ldi

Bu qiziq

image

Samarqand viloyatida 10 yil farzand ko‘rmagan 29 yoshli ayol 4 egizak farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda “Bu kun” dasturi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, chaqaloqlar operatsiya yo‘li bilan dunyoga keltirilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli. Ularga kerakli bo‘lgan muolajalar qilinib, tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Onaning ahvoli o‘rtacha og‘ir holatda. 

Chaqaloqlarning birinchisi qiz, qolgan 3 nafari o‘g‘il bola. Qizaloq 1 kilo 700, ikkinchi o‘g‘il 1 kilo 500, uchinchi o‘g‘il 2 kilo 200 gramm va to‘rtinchi o‘g‘il 2 kilo 300 gramm og‘irlikda dunyoga kelgan.

"Yaxshi niyat qilsa, sabr qilsa albatta hammasiga erishsa bo‘ladi", deydi egizaklarning onasi. 

"Juda ham xursandmiz. 10 yildan beri farzandsiz yurgan edik, mana 4 nafar farzandli bo‘ldik. Oila a’zolarimizning barchasi bundan xursand bo‘ldi", deydi chaqaloqlarning otasi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyida qashqadaryolik inspektor yordamchisi to‘rt nafar egizak o‘g‘il farzandli bo‘lgandi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand egizak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing