Samarqandda 1 yil oldin yo‘qolgan bola topildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida bedarak yo‘qolib, bir yildan buyon qidiralayotgan bola topildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 25 fevral kuni viloyatning Ishtixon tumani “Chaqar” mahallasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan B.T. uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qolgan. Bu bo‘yicha voyaga yetmagan bolaning yaqin qarindoshlari Ichki ishlar organiga ariza bilan murojaat qilgan.

Holat yuzasidan IIO xodimlari tomonidan qidiruv tadbirlari olib borilgan. Natijada kecha, 27 mart kuni Samarqand shahar “Yangiqo‘rg‘on” mahallasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda ushbu  bola mahalla hududida yurganligi aniqlangan. Keyin u Ishtixon tumani IIB xodimlariga topshirilgan.

“Hozirda bolani uyidan chiqib ketganlik sabablari o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand yo'qolgan bola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing