Samarqandda 1 kilo narkotikni sotayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
21 iyun
3007Samarqand viloyatida 1 kilogramm giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Urgut tumanida yashovchi shaxs o‘zining tanishlariga 1 gramm giyohvandlik moddasini 130 ming so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotayotgani to‘g‘risida ma’lumot olingan.
Unga ko‘ra, joriy yilning 18 iyun kuni Samarqand shahar Galaosiyo mahallasida o‘tkazilgan tadbirda Urgut tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining tanishi bilan birgalikda tadbirga shartli xaridor sifatida qo‘shilgan fuqaroga 1 kilogramm giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan bo‘lgan hamda shu vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikkala fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon va Toshkent viloyatlarida “gashish” hamda boshqa ta’sir qiluvchi vositalarni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi
16 iyul