Samarqandda hovlisida 51 tup nasha o‘stirgan erkak ushlandi (video)
3-sahifa
−
18 aprel
5115"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng ko‘lamli profilaktika tadbirlari davomida Samarqand viloyati Narpay tumani Ichki ishlar bo‘limi Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan uyida giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 41 yoshli fuqaroning yashash xonadoni tekshirilganda, avvalo uning elektr energiyasi tizimiga noqonuniy ulangani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, u 51 tup giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotgani ham aniqlangan. Giyohvandlik o‘simligi tegishli tartibda hujjatlashtirilib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika markazining ma’lumotnomasiga asosan, ushbu 51 tup yashil rangli ho‘l holdagi o‘simliklar giyohvandlik o‘simlik turiga kirishi tasdiqlangan. Holat yuzasidan Narpay tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi shaxs xonadonida 6 tup nasha giyohvandlik vositasini yetishtirib, parvarishlab kelgani aniqlangandi. Yana bir holatda o‘z xonadonida 21 tup nasha giyohvandlik vositalarini yetishtirib kelayotgan shaxs ushlangan. Uning xonadonidan 1 kilogrammga yaqin quritish uchun olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalari topilgan.
LiveBarchasi