Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan haydaldi (video)
3-sahifa
−
02 may
15441Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo‘shatildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda inspektor mashinani to‘xtatgani va haydovchidan uch kishilik tushlik olib kelishini so‘ragani aks etgan. U 50 kundan beri quyoshda turganini aytib, ezilib ketganidan noligan. O‘zaro kelishuvdan so‘ng haydovchi Nexia-3 mashinasida o‘tirgan inspektor yordamchisiga 70 ming so‘m "to‘lab ketgan".
Mazkur holat Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan. Korrupsiya holatiga yo‘l qo‘ygan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan. Ularning rahbarlariga nisbatan ham intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilgani aytilmoqda.