Samarqandda ham karantin qoidalari yumshatilyapti

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida ertaga, 12 avgustdan boshlab karantin qoidalari yumshatilib, oshxona va mehmonxonalar, go‘zallik salonlari va sport o‘yingohlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi xabar berdi.

Hokimklik xabariga ko‘ra, 12 avgustdan boshlab viloyatda soat 06:00 dan 23:00 gacha avtotransport vositalarida stikersiz harakatlanishiga ruxsat beriladi. Viloyatda soat 08:00 dan 20:00 gacha ikki metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlab, bir stol atrofida to‘rt kishidan ko‘p bo‘lmagan holda umumiy ovqatlanish obektlari qayta yo‘lga qo‘yishga ham ruxsat beriladi.

Qayd etilganidek komissiya qaroriga ko‘ra, nodavlat maktabgacha ta’lim ta’lim tashkiloti, nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo do‘konlari va zargarlik do‘konlari, sartaroshxona va go‘zallik salonlari, mehmonxonalar, ochiq sun’iy qoplamali sport o‘yingohlari, sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublari ham o‘z faoliyatini boshlaydi. 10 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruhlar tashkil etgan holda ta’lim markazlari va to‘garaklar faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi.

Viloyat Sanitariya-epidimologik nazorat boshqarmasi tomonidan ruxsat berilgan faoliyat turlarining karantin qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilib boriladi. Karantin talablarini buzgan muassasalar, tadbirkorlik subektlariga nisbatan qat’iy chora ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, bugundan boshlab Farg‘onada hududidagi umumiy ovqatlanish ob’ektlari, jumladan, oshxona, choyxona, restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat berildi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing