Samarqandda halok bo‘lgan o‘qituvchi ishdan bo‘shamoqchi bo‘lgan

Jamiyat

image

Avvalroq, Samarqandda maktab o‘qituvchisi kaltaklanishi oqibatida shifoxonada vafot etgani haqida xabar bergan edik.  Samarqand shahar XTB mazkur voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, marhum o‘qituvchi I.M. Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2018 yilning 3 sentyabridan buyon ishlab kelgan. U tarix fani bo‘yicha rus sinflariga dars berib, joriy yilning 14 oktyabridan boshlab maktabga kelmagan.

Maktab rahbariyati tomonidan surishtirilganda I.M. sog‘ligi yomonligi, davolanib, tibbiy ma’lumotnomalar bilan maktabga qaytishini bildirgan, ammo qaytmagan. Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ye.Shigay o‘qituvchi I.M. bilan qayta telefon orqali bog‘langanda esa u endilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi ekanligini, maktabdan esa ishdan bo‘shashini bildirgan. Shu bois o‘qituvchiga ajratilgan dars soatlari tarix fani o‘qituvchilari G‘.Voxidov va G.Sattorovalarga yuklatilgan.

Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi hamda maktab ma’muriyati o‘qituvchi I.M. bilan sodir bo‘lgan ayanchli holatdan chuqur qayg‘uda. Barcha samarqandlik pedagog xodimlar nomidan uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand o'qituvchi kaltaklanishi shahar XTB

Baholaganlar

231

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing